Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash instituti hamda Toshkent Аgrar universiteti bugun Chirchiq-Ohangaron ITHB ham ijodiy va amaliy hamroh hisoblandi. Ushbu oliy oʼquv yurtlari olimlari bilan hamkorlikda suv tejovchi texnologiyalar haqida uchrashuvlar, davra suhbatlari hamda amaliy seminarlar oʼtkazilib kelinadi. Oliy taʼlim oʼqituvchilari bilan olib boriladigan har bir oʼquv seminarlar sohani rivojlanishga xizmat qilmoqda. Tajriba amalyotda sinaladi.
Xabaringiz bor 2022-yilning dekabr oyida Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda respublikamizdagi barcha tuman irrigatsiya bo‘limlariga zamonaviy mebel jihozlari, kompyuter to‘plamlari va zamonaviy suv o‘lchash texnologiyalari hamda o‘quv qo‘llanmalari topshirilgan edi. Xo‘sh, ushbu zamonaviy suv o‘lchovchi asboblarning afzalliklari nimada, ulardan qanday foydalanish mumkin?
Agentlikning “O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi” doirasida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tuman irrigatsiya bo‘limining 133 PK tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlari shunga bag‘ishlandi.
O‘quv-treningda viloyatning barcha tumanlaridan taklif etilgan gidrometrlar, Xitoyda ishlab chiqarilgan vertushkalarni o‘rnatish, foydalanish va ularning afzalliklar bo‘yicha ma’lumotlar olib uning ishlatish jarayonini puxta o‘zlashtirmoqda.
“Dala sharoitida zamonaviy suv o‘lchash asboblaridan foydalanish” mavzusidagi besh kunlik seminarda malakali mutaxassislar tomonidan nazariy va amaliy bilimlar beriladi. Suv o‘lchovchi asboblar yordamida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
-Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad, kanal va ariqlar orqali dehqonlarga yetkazib berilayotgan suvning aniq hisob –kitobini olib borish, shu bilan birga vertushkalardan oqilona foydalanish usullarni o‘zlashtirishdir,- deydi seminar treneri Abdurazzoq Qo‘ziboyev.
Suvni tejab undan samarali va oqilona foydalanish vaqti keldi. Zero hayot manbai hisoblangan suv bugun biz uchun juda qadrlidir. Qolaversa, suvning hisob-kitob qilinishi lozimligini hayotning o‘zi taqozo etmoqda.
Amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda.