OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

Oʻzbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi Oʻzbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.

Oʻzbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zoʻr ehtirom bilаn qаrаsh Oʻzbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.


Mutal Burhonov musiqasi

Abdulla Oripov soʻzi


Serquyosh hur oʻlkam, elga baxt, najot,

Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon!

Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,

Shuhrating porlasin toki bor jahon!


Naqarot:

Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!


Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni,

Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot!

Istiqlol mash'ali tinchlik posboni,

Xaqsevar, ona yurt, mangu bo'l obod!


Naqarot:

Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!