Suv xoʼjaligi tizimida maxsus xizmat tashkil etilganiga bir yildan oshdi. Suvni tejash va uning hisobini yuritishda bu xizmat juda samarali ekanligi oʼz isbotini topdi.
Tuman irrigatsiya boʼlimlari qoshida tuzilgan maxsus xizmat davlatimiz rahbarining 2022 yil 1 martda eʼlon qilingan “Quyi boʼgʼinda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv isteʼmolchilari orasidagi munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Xoʼsh ushbu tizim bugun Toshkent viloyatida qanday faoliyat koʼrsatyapti? Qanday muammolar bor? Suvchilarni nima qiynayapti?
Bugun Toshkent viloyatining Boʼka tuman irrigatsiya boʼlimida boʼlib oʼtgan seminar maxsus xizmat faoliyatiga bagʼishlandi.
Seminarda Suv xoʼjaligi vazirligi vakillari, Chirchiq-Ohangaron ITHB hamda tuman irrigatsiya boʼlimlari mutaxassislari ishtirok etdi.
Maʼlumot oʼrnida shuni aytish kerakki, Boʼka tumanida 2022-2023 yillarda 637 ta suv isteʼmolchilariga limt asosida suv tekazib berildi. Mavjud 156 dona gidrotexnik inshootlarida taʼmirlash va tiklash ishlari olib borildi. Isteʼmolchilarga koʼrsatilgan xizmat uchun toʼlanadigan mablagʼni amaldagi tartibda undirishga erishilgan. Bir soʼz bilan aytganda maxsus xizmat oldiga qoʼyilgan barcha talablar bajarilgan. Lekin bunday natijalarni viloyatning boshqa tumanlarida ham bor deb boʼlmaydi.
– Boʼka ITB maxsus xizmati barcha tumanlar uchun namuna, deydi havza bashqarmasi birinchi oʼrinbosari Sardor Аlimbekov. Аfsuski, ayrim tumanlarda xali ham maxsus xizmat toʼla shakllantirilmagan. Hujjatlarni rasmiylashtirish, shartnoma oldi berdi hujjatlarida kamchilik bor.Eng muhimi suv isteʼmolchilari oʼrtasida qarzdorlik mavjud.
Seminarda viloyatning Oqqoʼrgʼon, Chinoz, Yuqori Chirchiq tumanlarida maxsus xizmat xali toʼla shakllanmaganligi taʼkidlandi.
– Maxsus xizmat bizga begona emas, aslida u bizning bir boʼlagimizdir, deydi vazirlik vakili Turob Qayumov. – Tasavvur qiling, agar tizim toʼla ishga tushib ketsa, suvchining ham suvning ham qadri oshadi. Bunga esa fermer oʼrtasida shartnoma tuzish, oldi berdi jurnalini yuritishni yoʼlga qoʼyish orqaligina erishish mumkin.
Seminrda maxsus xizmat faoliyati boʼyicha muammolar oʼrganilib chiqildi, bu borada taklif va mulohazalar berildi.