Joriy yilning 22 may kuni Toshkent viloyatining Parkent tumanida “Qishloq xoʼjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni ragʼbatlantirish va uning samaradorligini oshirish” bagʼishlangan amaliy seminar boʼlib oʼtdi.
Unda Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining tuman ITB xodimlari , fermerlar ham soha mutaxassislari ishtirok etishdi. Аmaliy seminarda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadkikot instituti olimlari ishtirok etib, suv tejovchi texnologiyalarning sugʼorishda qulay va afzalliklari haqida toʼxtalib, buni ilmiy ahamiyatini tushuntirib oʼtdilar. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bogʼdorchilikda innovatsion texnologiyalarni qoʼllash evaziga nafaqat suv tejab qolinadi, balki yuqori xosildorlikka erishish mumkin. Olimlar buni chet el tajribasi misolida asoslab berishdi.
Bu yil respublikamiz boʼyicha 260 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish maqsad qiling. Parkent tumanida shu kungacha 1300 gektar bogʼ va tok maydonlarida tomchilatib sugʼorish joriy etilgan. Bu yil fermerlar 549 gektar maydonda tomchilatib sugʼorishni yoʼlga qoʼymoqchi.
–Bogʼdorchilikda, ayniqsa uzum yetishtirishda tomchilatib sugʼorish juda samarali hisoblanadi, deydi Chirchiq-Ohangaron ITHB boʼlim boshligʼi Ulugʼbek Karimov. –Bu borada tumanda ancha tajriba bor. Mazkur seminar fermerlarning bilim va malakalarini oshirishda muhimi qadam boʼldi.
Tadbirda suv isteʼmolchilariga tejamkor texnologiyalarni joriy etishlari uchun qator qulaylik yaratilayotgani, ajratilayotgan subsidiyalar imkoniyatlarini yanada oshirishga xizmat qilishi taʼkidlab oʼtildi.
Аmaliy seminarda olimlar tejamkor texnologiyalarni joriy etish va undan foydalanishni bevosita koʼrgazmalar asosida tushuntirib berishdi.