O‘lkamizga biz intiqib kutgan bahor keldi. Dala-dashtlarda yana mavsumga ekish tikishga hozirlik ko‘rila boshlandi. Dehqon tili bilan aytganda bahorning har bir kuni g‘animat, undan unimli foydalanish kerak. Bugun hamma dalada, chunki bahorni, quyoshli kunlarni sog‘inganlar qancha. "Suv xo‘jaligida dolzarb 30 kunlik" tadbirida faol ishtirok etish uchun Toshkent viloyatining Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi o‘zining tasarrufidagi tashkilotlar hamda barcha tuman ITB ishchi xodimlariga safarbarlik e’lon qildi.
Bugungi kunda viloyatning qaysi bir tumaniga bormang, albatta suvchilar tomonidan olib borilayotgan obodonlashtirish, ko‘klamzorlashtirish ishlariga ko‘zingiz tushadi. Bu mubolag‘asiz.
Ayni fursatlarda Bekobod tuman irrigatsiya bo‘limi xodimlarining aksariyati “Bekobod” kanalida. Bir tomondan mexanizm yordamida kanalda qazish ishlari olib borilayotgan bo‘lsa, qolgan ishchi xodimlar ichi ariqlar va atrofni obodonlashtirishga kirishganlar.
Qibray tumaning Madaniyat xududidan oqib o‘tuvchi Yan kanalida shu kungacha, 6,1 km masofada mexanizim yordamida 11 000 m3 ish xajmi bajarildi. Ayni kunlarda esa kanal bo‘ylarini mustahkamlash, suv yo‘llarini kengaytirish va obodonlashtirishga ahamiyat berilyapti. Piskentlik suvchilar ham dolzarb 30 kunlikda faol ishtirok etmoqda. “Yashil makon” dasturi doirasida ishchi xodimlar tomonidan ariq va kanal bo‘ylariga 2 mingdan ziyod archa, tol va terak ko‘chatlari qadaldi. Ular mart oyining oxirigacha 12 mingdan ziyod mevali va manzarali ko‘chatlar ekishi rejalashtirgan. Bundan tashqari Sho‘r ariq kanalining Piskent tumanidan oqib o‘tgan qismidagi jami 7 dona gidrotexnik inshootlarga yangi zatvorlar o‘rnatildi. Ayni kunlarda tumanlararo “Tanachi Bo‘ka” kanalining Oxangaron tumanidan oqib o‘tgan qismida ekskovator yordamida qirg‘oqlarini mustaxkamlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Toshkent tuman irrigatsiya bo‘limi xodimlari ham dolzarb 30 kunlikka befarq emas. Erta tongdan boshlab suvchilar ichki ariqlarni tozalab, atrofda obodonlashtirish ishlariga kirishib ketishdi. Xullas, viloyat suvchilari fursatni g‘animat bilib, mavsumga tadorlik ko‘rmoqda.